Toshkentda 28 fevral kuni Master.Uz yarmarkasi bo‘lib o‘tadi


Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘da navbatdagi Respublika hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkasi bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “Darakchi” gazetasi.
Yarmarkada Toshkent, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Farg‘ona, Namangan, Chust shaharlaridan tashrif buyurgan hunarmandlar o‘z ijod namunalarini namoyish etadi.
Bundan tashqari, yarmarkada mahorat saboqlari ham o‘tkazilib, unda sopoldan buyum yasash, shishaga rasm chizish, qo‘g‘irchoqlar yasashni o‘rganib olish va har kim o‘zi yasagan buyumni olib ketishi mumkin.
Manba: www.kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













