“Forsaj-11” filmining namoyish etilish sanasi ma'lum boʻldi

“Forsaj-11” filmining namoyish etilish sanasi ma'lum boʻldi
\"\"
Foto: “Yandeks.ru”

Amerikalik aktyor, rejissyor Vin Dizel “Forsaj-11” filmining namoyish etilish sanasini e'lon qildi.

Film kinoteatrlarda 2025 yilning 4 aprel sanasida namoyish etiladi. Aktyor loyihadagi Dominik Toretto obraziga qaytadi, “oilasini” yangi sinovlardan qutqarishga harakat qiladi. Film direktori lavozimini yana Lui Leterer egallaydi. Dizel avvalroq franshizaning oʻn ikkinchi film bilan yakunlanishini ta'kidlagan edi.

Eslatib oʻtamiz, “Forsaj-10” filmi 2023 yilning 19 may sanasidan boshlab butun dunyo kinoteatrlarida namoyish etilmoqda va loyiha shu kungacha 617,5 million dollardan ortiq daromad keltirdi.

Syujet ga koʻra, Dante beshinchi “Forsaj” filmida oʻldirilgan narkobaron Ernan Reysning oʻgʻli boʻlib, u 12 yildan beri qasos olish rejasini oʻylab yuradi. Filmda Vin Dizel va Jeyson Momoadan tashqari, AQSh akademiya mukofoti sovrindorlari Sharliz Teron, Xelen Mirren va Rita Moreno rol oʻynagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.