Chikago polisiyasi taniqli irland qo‘shiqchini o‘ziga suiqasddan saqlash uchun qidirmoqda

Chikago polisiyasi taniqli irland qo‘shiqchini o‘ziga suiqasddan saqlash uchun qidirmoqda
Chikago polisiyasi taniqli irland qo‘shiqchini o‘ziga suiqasddan saqlash uchun qidirmoqda

Illinoys shtatining Chikago shahri polisiyasi qo‘shiqchi Shineyd O\'Konnorni qidirmoqda. Ular qo‘shiqchining o‘z joniga qasd qilishidan havotirda. Bunga Shineydning telefonda o‘z yaqinlariga joniga qasd qilishini aytib, qo‘rqitgan. Bu haqda NBC kanali payshanba kuni xabar bergan.

Unga ko‘ra Chikago polisiyasi Irlandiya huquqni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan ogohlantirilgan. Ularga qo‘shiqchining qarindoshlari murojaat qilishgan. Shineyd ular bilan gaplashgandagi holat ularni tashvishga solgan.

Bundan oldin ham 49 yoshli Shineyd O\'Konnor bir necha bor depressiv holatga tushgan, ko‘p medikamentoz vositalarni qabul qilganligi tufayli davolash muassalariga jo‘natilgan edi. Aniq bo‘lishicha, u boshidan qattiq ruhiy zo‘riqishni o‘tkazgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.