“O‘zbeknavo” bir necha xonandani lisenziyasidan mahrum etdi

“O‘zbeknavo” bir necha xonandani lisenziyasidan mahrum etdi
“O‘zbeknavo” bir necha xonandani lisenziyasidan mahrum etdi

Bugun, 19 iyul kuni “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bir necha taniqli xonandalarga berilgan lisenziya muddatidan avval tugatilgani haqida ma’lum qildi.

“Lisenziatlar Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilov (Sarvar va Komil) tomonidan Lisenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar muntazam ravishda buzilganligi sababli, ushbu xonandalar nomiga berilgan lisenziyalarning amal qilish muddati “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan 2016 yil 19 iyuldan tugatilganligi bildiramiz.”, deyiladi “O‘zbeknavo”ning xabarida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.