Munisa Rizaeva orzusidagi turmush o‘rtog‘i qanday bo‘lishi kerakligini aytdi

Munisa Rizaeva orzusidagi turmush o‘rtog‘i qanday bo‘lishi kerakligini aytdi
Munisa Rizaeva orzusidagi turmush o‘rtog‘i qanday bo‘lishi kerakligini aytdi

Xonanda Munisa Rizaeva “Darakchi” gazetasining “Qisqa va lo‘nda” loyihasida ishtirok etdi va o‘z hayotiy qarashlari hamda orzulari haqida qisqacha gapirib o‘tdi.

“Agar sevib qolsam, munosabatimni birinchi bo‘lib izhor qilishdan uyalmayman. Aksincha, ko‘nglim bo‘lmagan odamga seni sevmayman, deb aytishdan qo‘rqmayman”,—deydi xonanda sevgi borasida fikr yuritar ekan.

Shuningdek, Munisa tasavvuridagi oilaviy surat haqida shunday deydi:

“Turmush o‘rtog‘im gavdali, kelishgan yigit bo‘lishini orzu qilaman. Xudo xohlasa, uch o‘g‘il, ikki qizimiz bo‘ladi. Men o‘sha paytda ham ishbilarmon ayol bo‘lib yursam kerak”.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.