Munisa Rizaeva do‘konining ochilish marosimini o‘tkazdi


Avvalroq, xonanda Munisa Rizaeva “Monis” nomli liboslar do‘koni ochgani haqida xabar bergan edik. Toshkent shahrining markazida joylashgan ushbu do‘konda ayollar liboslari sotilishi bilan birga, buyurtma asosida tikib ham beriladi. Do‘kon tashkil etilganiga ancha bo‘lgan bo‘lsada, xonanda uning ochilish marosimini o‘tkazmagan edi. Bu haqda \"Qalampir.uz\" xabar berdi.
Kecha, 21 avgust kuni Munisa Rizaevaga tegishli modalar uyining ilk kolleksiyasi namoyishi va ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbek shou-biznesining taniqli vakillari “Nihol” mukofoti sovrindorlari Nigora Ismoilova, Madina Mumtoz, Umidaxon, aktrisalar Halima Ibragimova, Sevara Solieva, teleboshlovchilar Laziza Nozimxonova, Dilnoza Saidova ishtirok etdi.

Podiumda modalar uyi xodimlari tomonidan tikilgan milliy va zamonaviy uslubdagi oqshom va kundalik liboslar o‘rin olgan. Munisa Rizaevaning muxlislari taqdimotda namoyish etilgan ayrim liboslarni xonandaning egnida ham ko‘rishgan.


Ijtimoiy tarmoqlar orqali taqdimotdagi taassurotlarini yozib qoldirayotgan xonandalar kolleksiya manzur kelganini aytishmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













