Saida Mirziyoeva: "Ulugʻ Amir Yalangtoʻshning hayot yoʻli barchaga ibratdir"

Saida Mirziyoeva: "Ulugʻ Amir Yalangtoʻshning hayot yoʻli barchaga ibratdir"
Foto: Saida Mirziyoeva / Telegram
Kecha Milliy kino saroyida Prezidentimiz tashabbusi bilan suratga olingan “Bahodir Yalangtoʻsh” tarixiy badiiy filmining premerasi boʻlib oʻtdi.

Film Ashtarxoniylar davrida (XVII asr) yashab oʻtgan buyuk sarkarda, ilm-fan homiysi, dunyoga mashhur Registon maydonining asoschisi Amir Bahodir Yalangtoʻshga bagʻishlangan. Unda fidoyi ajdodimizning hayoti, siyosiy faoliyati, qahramonliklari haqida hikoya qilinadi.
Saida Mirziyoeva: "Ulugʻ Amir Yalangtoʻshning hayot yoʻli barchaga ibratdir"
\"Filmni tomosha qilar ekanman, ulugʻ Amir Yalangtoʻshning hayot yoʻli barchaga, xususan yoshlarimizga haqiqiy ibratdir, degan oʻy xayolimdan oʻtdi.

Jahongir Ahmedov boshchiligidagi ijodiy guruhning oldiga kino orqali tariximizni dunyoga yanada tanitish, xalqimizning milliy gʻururini koʻtarish kabi ezgu vazifalar qoʻyilgan edi. Nazarimda, “Bahodir Yalangtoʻsh” filmi bu mas'uliyatli missiyani bajara oladi.

Film ijodkorlarini samimiy tabriklayman
\", degan Mirziyoeva.
Saida Mirziyoeva: "Ulugʻ Amir Yalangtoʻshning hayot yoʻli barchaga ibratdir"
Eslatib oʻtamiz, mazkur film rejissyor Jahongir Ahmedov boʻlib, 3 yil davomida suratga olingan va bu jarayonlarda katta jamoa ishlagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.