Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen uchinchi farzandini kutmoqda

Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen uchinchi farzandini kutmoqda
Turkiya ommaviy axborot vositalarida kino sanoatidagi yulduzli juftlik — Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen uchinchi farzandini kutayotgani haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi.
Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen uchinchi farzandini kutmoqda
Foto: Instagram
Bunday xabarlar Burak O‘zchivit oilasi bilan Bodrumdagi yangi uyga ko‘chib o‘tish sababini izohlagandan so‘ng tarqala boshladi. Mahalliy OAVga bergan intervyusida aktyor endilikda ayoli va farzandlariga yanada keng va kattaroq uy kerakligi, chunki uning oilasi “kengayib borayotgani”ni aytib o‘tdi.
Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen uchinchi farzandini kutmoqda
Foto: Instagram
O‘zchivitning bu so‘zlaridan keyin ba’zi jurnalist va muxlislar Evjenning homiladorligini taxmin qilishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur aktyorlar haqida mish-mishlar tobora ko‘paya boshladi.

Hozircha juftlik ushbu xabarlarni rasman tasdiqlanmagan, ammo muxlislar bu yangilikni intiqlik bilan kutmoqda!
Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen uchinchi farzandini kutmoqda
Foto: Instagram
Burak O‘zchivit turk aktrisasi Fahriye Evjen bilan 2017 yilda oila qurgan. Hozirda ular ikki nafar farzandi — Karan va Kerem ismli o‘g‘illari tarbiyasi bilan mashg‘ul. 2019 yilda katta o‘g‘li Karan tug‘ilgan, 2023 yilda kichik o‘g‘li dunyoga kelgan.
Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen uchinchi farzandini kutmoqda
Foto: Dzen
Joriy yil 13 aprel kuni mashhurlar oilasi to‘ng‘ich farzandining 5 yoshga to‘lganini nishonladi. Karan uchun tashkil etilgan bayram “Transformerlar” filmiga monand dekoratsiya va bayram dasturi bilan o‘tkazildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.