“Qizil sharbat” va “Alvon g‘unchalar” turk seriallari tugatilishi mumkin

“Qizil sharbat” va “Alvon g‘unchalar” turk seriallari tugatilishi mumkin
Turkiyadagi radio va televideniye mutasaddilari mashhur ikki serial yuzasidan rasmiy tekshiruv ishlarini boshladi.

Birinchi serial — “Alvon g‘unchalar”
“Qizil sharbat” va “Alvon g‘unchalar” turk seriallari tugatilishi mumkin
Foto: IMDb
20-qism chiqqandan keyin serial aktyorlari shaxsiy xabarlarida serialni yopishga chaqiruvchi tahdidlar ola boshladi. Bu xabarlar Turkiyadagi turli diniy oqim vakillari tomonidan yozilgan, deb aytilmoqda. Serial yaratuvchilari bundan avval 9 million turk lirasi (260 ming AQSH dollari) jarima to‘lagan va namoyish ikki haftaga to‘xtatib qo‘yilgandi. Bu safar ham RTÜK kompaniyasi serialni yopishga qaror qilishi mumkin. Bundan tashqari, aktyorlarga ochiq tahdidlar qilinishi birinchi holat emas.
“Qizil sharbat” va “Alvon g‘unchalar” turk seriallari tugatilishi mumkin
Foto: “Thegirl.ru”
Ikkinchi serial — “Qizil sharbat”
“Qizil sharbat” va “Alvon g‘unchalar” turk seriallari tugatilishi mumkin
Foto: “Thegirl.ru”
Ushbu serial ham avvalroq jarimaga tortilgan va bir necha hafta davomida efirdan olib tashlangan. Bunga qahramon Nursemaning nikoh kechasi bilan bog‘liq epizod sabab bo‘lgan va rejissyorlar 1,5 million turk lirasi (44 ming AQSH dollari) jarima to‘lashga majbur bo‘lgan.

Mazkur seriallar jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishda va milliy xavfsizlikni buzishda ayblanmoqda. Qolaversa, ba’zi tomoshabinlarga serialning syujeti yoqmagan, chunki unda ayollarga nisbatan kamsitish va zo‘ravonlik targ‘ib qilingan, deb hisoblashmoqda. Ammo bularning bari haqiqatga zid.
“Qizil sharbat” va “Alvon g‘unchalar” turk seriallari tugatilishi mumkin
Foto: T24
Tergov qanday yakunlanishi, shuningdek, Turkiyadagi Radio va Televideniye Oliy kengashining aynan nima uchun mazkur loyihalarga qarshi ayblovlar qo‘ygani hozircha noma’lum. Serial muxlislari voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda va loyihalar senzura bilan kurashda omon qolishiga umid qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.