Keyt Uinslet “Titanik”ning o‘sha mashhur sahnasi haqida: “Aslida Rouz jon saqlagan narsa eshikmasdi”

Keyt Uinslet “Titanik”ning o‘sha mashhur sahnasi haqida: “Aslida Rouz jon saqlagan narsa eshikmasdi”
Gollivud aktrisasi Keyt Uinslet muxlislar orasida haligacha bahs va munozaralarga sabab bo‘layotgan “Titanik” filmidagi mashhur sahna mavzusiga yana bir bor to‘xtalib o‘tdi. Filmda Leonardo Di Kaprio ijro etgan Jek obrazi omon qolmagani uchun ko‘pchilik tomoshabinlar rejissyor Jeyms Kemeronni haligacha kechira olmaydi.
Keyt Uinslet “Titanik”ning o‘sha mashhur sahnasi haqida: “Aslida Rouz jon saqlagan narsa eshikmasdi”
Foto: People
49 yoshli aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, aksariyat tomoshabinlar Rouz jon saqlagan obyektni noto‘g‘ri talqin qiladi: “Titanik”ning barcha muxlislari buni eshik deb atashadi, lekin u hatto eshik ham emas edi” dedi Uinslet Avstraliyaning “The Project” ko‘rsatuvida.

Bu zinapoya bo‘ylab o‘rnatiladigan panjaraga o‘xshash yog‘ochning bir qismi edi, u sinib ketgach, ko‘rinishi eshikka o‘xshab qolgan”, deya qo‘shimcha qildi aktrisa.
Keyt Uinslet “Titanik”ning o‘sha mashhur sahnasi haqida: “Aslida Rouz jon saqlagan narsa eshikmasdi”
Foto: People talk
Barchaga birdek qiziq savol: Jek o‘sha yerda Rouzning oldida tirik qolishi mumkinmidi, degan ommabop savolga aktrisa hazil bilan javob berdi: “Jek u yerga sig‘ishi mumkinmi yoki yo‘qmi, kim biladi deysiz? Menimcha, bu borada aytilmagan g‘oyalar yoki tasdiqlanmagan nazariyalar qolmagan”, dedi aktrisa.

Ko‘pchilik tomoshabinlar Jek ham tirik qolishi mumkinligi va yog‘och bo‘lakka ikki kishi bemalol sig‘a olishini ta’kidlagan. Rejissyor Jeyms Kemeron o‘z fikri haqiqat ekanligini isbotlash uchun kaskadyorlar yordamida xuddi bosh qahramonlar vaznidek insonlardan kinoning aynan eshik bilan bog‘liq sahnasini qayta yaratgan, shuningdek, u sud-tibbiy ekspertlarga ham murojaat qilgan. O‘tkazilgan kichik tadqiqot natijasida ikkala qahramon bunday vaziyatda omon qololmasligi isbotlangan. Bu haqda Kemeron hatto hujjatli film ham suratga olgan.
Keyt Uinslet “Titanik”ning o‘sha mashhur sahnasi haqida: “Aslida Rouz jon saqlagan narsa eshikmasdi”
Foto: People
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.