Tomoshabinlar “Kalmar o‘yini”da yana bir nechta xatoliklarni aniqlashdi (foto)

Tomoshabinlar “Kalmar o‘yini”da yana bir nechta xatoliklarni aniqlashdi (foto)
Birinchi marta 2021 yilda Netflix platformasida namoyish etilgan “Kalmar o‘yini” seriali dunyo bo‘ylab katta shov-shuvga sabab bo‘lgan Janubiy Koreya loyihalaridan. Xvan Don Xyok rejissyorligida suratga olingan mazkur loyiha jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik, insonning hayot-mamot ahamiyatga ega qarorlari va pulga bo‘lgan munosabatini o‘zgacha uslubda yoritib beradi.

Serial syujetiga ko‘ra, moliyaviy inqirozga tushib qolgan yuzlab odamlar katta miqdordagi mukofotni yutish uchun sirli o‘yinda ishtirok etadi. U bolalikdagi oddiy o‘yinlarga asoslangan bo‘lsa-da, mag‘lublar o‘lim jazosiga hukm qilinadi. Har bir bosqichda ishtirokchilar nafaqat o‘z mahoratini, balki insoniylik chegaralarini ham sinovdan o‘tkazadilar.

Bugun biz “Kalmar o‘yini” serialida tomoshabinlar e’tiboriga tushgan bir nechta xatoliklar haqida ma’lumot beramiz.

Soyabon
Tomoshabinlar “Kalmar o‘yini”da yana bir nechta xatoliklarni aniqlashdi (foto)
Foto: Liferbc.ru
“Dalgona pechenesi” (eritilgan shakardan tayyorlangan bolalarning sevimli shirinligi) o‘yinida soyabon bilan bog‘liq bir xatolik bor.

Ikkinchi o‘yin boshlanishidan avval ishtirokchilar shakllar: dumaloq, uchburchak, yulduz va soyabondan birini tanlashi kerak bo‘ladi. Vazifa shartlariga ko‘ra, o‘yinchilar igna yordamida ularga berilgan shaklni shirinlikdan sindirmay ajratib olishi kerak bo‘ladi. Buni bajarish uchun 10 daqiqa muhlat berilgan. Bosh qahramon Son Gi Xunga eng qiyin shakl — soyabon tushadi.
Tomoshabinlar “Kalmar o‘yini”da yana bir nechta xatoliklarni aniqlashdi (foto)
Foto: Liferbc.ru
Avvaliga devordagi soyabon tasviri egri konturlarga ega bo‘ladi. Keyingi kadrlarda uning tasviri tekis chiziqli soyabonga o‘zgarib qoladi.

Smartfon
Tomoshabinlar “Kalmar o‘yini”da yana bir nechta xatoliklarni aniqlashdi (foto)
Foto: Liferbc.ru
Birinchi mavsumning to‘qqizinchi qismida Son Ki Xun telefoni bilan bog‘liq qiziqarli tafsilot bor. Qahramon qo‘ng‘iroqlashganda turli xil smartfonlar orqali so‘zlashganini payqash mumkin. Avvaliga u metroda Samsung Galaxy S7 da gaplashadi, aeroportda esa qo‘lida Samsung Galaxy S3 ni ushlab turadi. Ikkala smartfon o‘zining orqa paneli, shakli va kameralarning joylashuvi bilan ajralib turadi.
Tomoshabinlar “Kalmar o‘yini”da yana bir nechta xatoliklarni aniqlashdi (foto)
Foto: Liferbc.ru
Taqqoslash uchun:
Tomoshabinlar “Kalmar o‘yini”da yana bir nechta xatoliklarni aniqlashdi (foto)
Samsung Galaxy S7 va Samsung Galaxy S3
Foto: Liferbc.ru

Kadrga tushib qolgan operator

Ammo “Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumida operatorlardan biri jang tasvirida tushib qolgan. Bunday xato esa tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolmagan.
Tomoshabinlar “Kalmar o‘yini”da yana bir nechta xatoliklarni aniqlashdi (foto)
Foto: Liferbc.ru
Ikkinchi mavsumning yettinchi qismida qurollangan o‘yin ishtirokchilari tashkilotchilarga qarshi o‘q uzayotgan sahnada jarayonlarni tasvirga olayotgan erkak obyektivga tushib qolgan. Ushbu epizod o‘yin maydonchasida sodir bo‘ladi. Jang sahnasi odatda bir nechta kameralardan suratga olinadi, shu sababli rejissyorlar operatorlardan birini ko‘zdan qochirgan.

Bo‘sh qoshiq
Tomoshabinlar “Kalmar o‘yini”da yana bir nechta xatoliklarni aniqlashdi (foto)
Foto: Liferbc.ru
Birinchi mavsumning uchinchi qismida 16-daqiqada bosh qahramon ovqat sovuqligidan shikoyat qiladi.

“Hech bo‘lmasa guruchni isitib berishsa bo‘lar edi”, deydi qahramon.
So‘ng suhbatini davom ettirar ekan, aktyor ovqatlanishni boshlaydi. Ushbu kadrga e’tibor bilan qarasangiz, o‘yin ishtirokchilari bo‘sh qoshiqni og‘ziga olib borayotganini ko‘rishingiz mumkin. Suratda bu holat unchalik sezilmaydi, lekin epizodni tomosha qilganda yaqqol ko‘rinadi.

“Kalmar o‘yini”ning uchinchi mavsumi — final premerasi 2025 yil 27 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.