Mirzabek Holmedovning o‘limi haqidagi xabar yolg‘on ekanligi tasdiqlandi

Mirzabek Holmedovning o‘limi haqidagi xabar yolg‘on ekanligi tasdiqlandi
Mirzabek Holmedovning o‘limi haqidagi xabar yolg‘on ekanligi tasdiqlandi

Bugun ijtimoiy tarmoqlar, shu jumladan telegram kanallari orqali taniqli so‘z ustasi Mirzabek Holmedovning o‘limi haqidagi xabarlar tarqaldi.

\"Mirzabek Holmedov kutilmaganda yuz bergan yurak xuruji oqibatida bugun soat 16:50da kasalxonada hayotdan ko‘z yumdi\", deb yozilgan xabar matnida.
Mirzabek Holmedovning o‘limi haqidagi xabar yolg‘on ekanligi tasdiqlandi

Ushbu xabarga aniqlik kiritish maqsadida Kun.uz nashri Mirzabek Holmedovning oila a’zolari bilan bog‘lanib xabarni yolg‘on ekanligini aniqlgan. Ma’lum bo‘lishicha, san’atkor hozirda ko‘hna Samarqand shahrida gastrol safarida ekan.

Mirzabek Holmedovning o‘g‘li Ulug‘bek o‘zining Instagram tarmog‘idagi sahifasi orqali ham bu xabarga munosabat bildirib, uning yolg‘on ekanligini tasdiqladi.
Mirzabek Holmedovning o‘limi haqidagi xabar yolg‘on ekanligi tasdiqlandi

Bundan avval ijtimoiy tarmoqlarda \"Dev va pakana\" filmi orqali tomoshabinlarga tanilgan aktyor Nodir Saidalievning bevaqt o‘limi haqida xabar berilgandi. Shu munosabat bilan aktyor bilan bir filmda ishlagan taniqli so‘z ustasi Obid Asomov o‘zining Instagram\'ida aktyorning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan, ushbu post ostida Mirzabek Holmedov ham Nodir Saidalievning oilasi hamda do‘stlariga sabr tilab, izoh qoldirgan.
Mirzabek Holmedovning o‘limi haqidagi xabar yolg‘on ekanligi tasdiqlandi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.