Jennifer Lopes ilk bor Toshkent sahnasida

Jennifer Lopes ilk bor Toshkent sahnasida
Mashhur amerikalik xonanda Jennifer Lopes ilk bor O‘zbekistonda konsert beradi. “Up All Night – LIVE IN 2025” deb nomlangan global gastrol safari doirasidagi konsert 2025-yil 7-avgust kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tkaziladi.

Bu shou Jennifer Lopesning O‘zbekistondagi birinchi sahna chiqishi bo‘lib, u Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash va turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar doirasida tashkil etilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.