Intriga va hayrat: Tugashi kutilmagan 7 ta serial

Intriga va hayrat: Tugashi kutilmagan 7 ta serial
Agar sizni har bir seriyasi sirli voqealarga boy, oxiri esa tomoshabinni o‘yga toldiradigan seriallar qiziqtirsa — ushbu ro‘yxat aynan siz uchun. Bu seriallarda har bir epizod detektiv singari murakkab, syujeti to‘qilgan palos kabi zich, finali esa umuman kutilmagan bo‘ladi. Shu tufayli, kechki paytni mazmunli o‘tkazmoqchi bo‘lganlar uchun ushbu tavsiyalar juda mos keladi.

1. «Qora kabutarlar» (2024 – …)
Intriga va hayrat: Tugashi kutilmagan 7 ta serial
Bosh rolda — Kira Naytli. Londonning jinoiy olami va global siyosat bilan bog‘liq maxfiy tashkilot haqida hikoya. Murakkab va kutilmagan syujet tufayli serial har bir epizodda yangicha burilishlarga boy.

2. «Shoqol kuni» (2024 – …)
Intriga va hayrat: Tugashi kutilmagan 7 ta serial
Eddi Redmeyn va Lashana Linch ishtirokida. Frederik Forsaytning mashhur romani asosida suratga olingan. Kasbiy qotil va uning shaxsini yashirishga urinishlari orqali fosh bo‘ladigan sirlar — oxirigacha noma’lum qoladi.

3. «Bir marta yolg‘on so‘zlab» (2024 – …)
Intriga va hayrat: Tugashi kutilmagan 7 ta serial
Xarlan Kobenning romani asosida. Mayya Stern ismli ayol turmush o‘rtog‘ining o‘limiga go‘yo guvoh bo‘ladi, biroq bir kuni uni kameradan ko‘rib qoladi. Faktlar ortidagi haqiqatni izlash unga oson kechmaydi.

4. «Panohgoh» (2023 – …)
Intriga va hayrat: Tugashi kutilmagan 7 ta serial
Odamlar yer osti bunkerida yashaydigan kelajakdagi hayot haqida. Ular tashqi dunyo xavfli va odam yashay olmaydi, deb ishonishadi. Ammo shubhalar ortidan haqiqiy sirlar ochila boshlaydi.

5. «Bizdan biri» (2023 – …)
Intriga va hayrat: Tugashi kutilmagan 7 ta serial
Mashhur videoo‘yin asosida suratga olingan serialning ikkinchi mavsumi ham muxlislar tomonidan iliq qabul qilindi. Pedro Paskal ijrosidagi qahramon va syujetning yozilgan manbaga sodiq qolishi serialni yanada qiziqarli qilgan.

6. «To‘lgan xona» (2023)
Intriga va hayrat: Tugashi kutilmagan 7 ta serial
Tom Xolland va Amanda Seyfrid ishtirokida. Asli voqealarga asoslangan bu serialda bosh qahramon Denni Sallivan otishmada ayblanadi. Tergov jarayonida uning o‘tmishidagi kutilmagan sirlar fosh bo‘ladi.

7. «Haqiqiy detektiv» (2014 – …)
Intriga va hayrat: Tugashi kutilmagan 7 ta serial
Mettyu Makkonaxi va Vudi Xarrelson ishtirokidagi serial har mavsumida yangi voqealarni taqdim etadi. Ilk mavsum — Alyaskadagi sirli yo‘qolishlar haqida. Neliney syujet tufayli har bir seriya yangi savollarni tug‘diradi va oxiri hayratda qoldiradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.