“Oltin globus” kinotaqdimotida ishtirok etiladigan filmlar nomi e’lon qilindi


“Oltin globus” kinotaqdimotida “Eng yaxshi dramatik film” yo‘nalishida g‘oliblikka da’vo qiluvchi kartinalar nomi e’lon qilindi. “Dengiz bo‘yidagi Manchester”, “Vijdoniy sabablarga ko‘ra”, “Sher”, “Har qaysi qiymatda” va “Oy yog‘dusi” filmlari Los-Anjelesda 8 yanvar kuni o‘tadigan kinotaqdimotda taqdim etiladi.
“Eng yaxshi komediya” yo‘nalishida “La-la-lend”, “XX asr ayoli” “Dedpul”, “Florens Foster Jenkins”, “Sing Strit” kabi filmlar nomzodi ilgari surilgan.
Ma’lumot uchun: “Oltin globus” kinotaqdimoti 1942 yildan o‘tkazib kelinadi. Unda 25 yo‘nalish bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













