Ozodbek Nazarbekov “ko‘z nuri va vaqtini asrash uchun” Telegram va WhatsApp’ni o‘chirib tashlagan

Ozodbek Nazarbekov “ko‘z nuri va vaqtini asrash uchun” Telegram va WhatsApp’ni o‘chirib tashlagan
Ozodbek Nazarbekov “ko‘z nuri va vaqtini asrash uchun” Telegram va WhatsApp’ni o‘chirib tashlagan

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov mobil qurilmalardan imkon qadar kamroq foydalanishga harakat qilmoqda. Bu haqda Shov-shuv.uz sayti xabar bermoqda.

“Ko‘z nurimni asrashim uchun «telegram», «vatsap»ni o‘chirib tashladim. Telefon nafaqat ko‘zga ta’sir qilayapti, balki umrni, vaqtimni ham ko‘p olayapti”, – deydi xonanda.

Nazarbekovning so‘zlariga ko‘ra, u telefon qo‘ng‘iroqlarga “deyarli javob bermaydi”. “Bekorchi qo‘ng‘iroqlar ko‘p bo‘ladi. Muhim ishi bor odam qaysi yo‘l bilan bo‘lsa ham meni topadi”, – deydi xonanda.

Ozodbek Nazarbekov SMS yozmay qo‘yganiga “ancha yil” bo‘lgan; “foydasidan ziyoni ko‘p bo‘lgani”, “kerakmasligi” sabab “hamma yopishib qolgan” Instagram’dan foydalanmaydi, ijtimoiy tarmoqlarga “shunchaki qiziqmagan”.

Manba: www.kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.