Jastin Biber bir g‘ildirakli velosipeddan yiqilib, qovurg‘asini jarohatladi

Jastin Biber elektr monog‘ildirakdan muvaffaqiyatsiz yiqilganda qovurg‘asiga jiddiy zarar yetkazganini tan oldi, deb yozadi Peopletalk.
- Qovurg‘am juda qattiq og‘riyapti, og‘ayni. Bu qanday sodir bo‘lganini ko‘rding-ku, to‘g‘rimi? Bu menga og‘riq beradi. Men xotirjamlikni saqlashga harakat qilyapman, ammo bu og‘riq meni aqldan ozdiradi,\" - dedi Jastin Biber strim paytida.
Musiqachining aniqlik kiritishicha, zarba uning biqini va soniga tushgan, shuning uchun har qanday harakat unga noqulaylik tug‘diradi: \"Hatto qo‘shiq aytish, kulish ham og‘riq keltiradi.\"
Jarohatga qaramay, qo‘shiqchi astoydil ishlashda davom etmoqda. Aprel oyida Biberning Coachella\'dagi chiqishi bo‘lib o‘tadi. San’atkor ilk bor yirik musiqa festivalining bosh qahramoniga aylanadi.













