Aktrisa Kristen Styuart mashinalashtirilgan o‘qitish haqida ilmiy ish yozdi


Gollivud aktrisasi Kristen Styuart o‘zining «Ketdik, suzamiz» filmida mashinalashtirilgan o‘qitishning qo‘llanilishi haqida ilmiy ish yozdi, deb yozadi «Daryo» nashri. Ilmiy ish premera kuni — 19 yanvarda arXiv onlayn-arxivida paydo bo‘ldi, u erda maqolalar ilmiy taqriz qilinish jarayonidan o‘tmaydi.
Adobe muhandisi Bxautik Yoshi va prodyuser Devid Shapiro hammuallifligida yozilgan maqola «‘Ketdik, suzamiz’ filmida impressionistik kartinalarni neyron tarmoqlar asosida uslubni o‘zgartirishdan foydalanib, jonlantirish» deb nomlangan.
Maqolada kartinani yaratish jarayonida suratga olingan kadrlarni impressionist rassomlarning kartinalariga o‘xshatish uchun mualliflar qanday qilib mashinalashtirilgan o‘qitishdan foydalangani tavsiflab berilgan.

«Ketdik, suzamiz» qisqa metrajli kartinasi Styuart ssenariynavislik va rejissyorlik qilgan ilk film bo‘ldi. Film premerasi «Sandens» festivalida bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













