Munisa Rizayeva ilk bor o‘g‘lining yuzini muxlislarga ko‘rsatdi

O‘zbekistonlik mashhur xonanda Munisa Rizayeva o‘g‘lining bir yoshga to‘lgani munosabati bilan ilk bor uning suratini muxlislariga ko‘rsatdi.
U o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida o‘g‘liga bag‘ishlab yurakdan chiqqan tilaklar yozdi. \"Bugun seni qo‘llarimda tutib, Alloh uchun hech narsa imkonsiz emasligini angladim\", — deya boshlanadi xonandaning samimiy izohi.

Munisa o‘g‘lini uzoq yillik orzu va duo natijasi deb atab, unga mehr va baraka, baxt, omad tiladi. \"Sen mening qalbimsan, hayotimning mazmunisan\", — deb yozdi u.
San’atkor o‘z izohida farzandining hayoti yorug‘ bo‘lishini, Alloh himoyasida ulg‘ayishini istayotganini bildirdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













