Teleboshlovchi Nasiba Maqsudova vafot etdi

Teleboshlovchi Nasiba Maqsudova vafot etdi
Teleboshlovchi Nasiba Maqsudova vafot etdi

Taniqli diktor, “MY5” telekanali orqali efirga uzatiladigan “Diydor shirin” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi Nasiba Maqsudova 8 fevraldan 9 fevralga o‘tar kechasi 68 yoshida olamdan ko‘z yumdi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Xabar qilishlaricha, shifokorlar salomatligi tiklanayotgan Nasiba Maqsudovaga muolajalarni uy shoiritida davom ettirishga ruxsat berishgan. Bir necha kundan buyon uyida davolanayotgan teleboshlovchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi shifoxonasiga olib kelingan. Ko‘p o‘tmay uning ahvoli og‘irlashib, joni uzilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Nasiba Maqsudova 1948 yilda tavallud topgan. Uzoq yillar O‘zbekiston milliy tederadiokompaniyasida faoliyat yuritgan. Uning so‘nggi 10 yillikdagi faoliyati xususiy telekanallar bilan bog‘landi.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Nasiba Maqsudovaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiramiz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.