O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Furqat Mirzaev olamdan o‘tdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Furqat Mirzaev olamdan o‘tdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Furqat Mirzaev olamdan o‘tdi

Qo‘shiqchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Furqat Mirzaev vafot etdi. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Postga yozilgan izohlardan ma’lum bo‘lishicha, qo‘shiqchi Hindistonga davolanish uchun jo‘nab ketgan va o‘sha erda olamdan o‘tgan.

Furqat Mirzaevning dafn marosimi 11 fevral, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Samarqandlik san’atkor «Qo‘shni qiz», «Lalalalaychi keldi» qo‘shiqlari bilan tanilgan edi.

Avvalroq O‘zbekiston televideniesi rivojiga katta hissa qo‘shgan ijodkor, taniqli suxandon, jurnalist, «MY5» telekanalidagi «Diydor shirin» ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi Nasiba Maqsudova 8 fevral, chorshanba kuni 68 yoshida olamdan o‘tgani xabar berilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.