Zveropolis 2 kassa yig'imi 1,5 milliard dollardan oshdi

Zveropolis 2 kassa yig'imi 1,5 milliard dollardan oshdi

Disney’ning “Zveropolis 2” multfilmi kinoteatrlarda shiddat bilan daromad yig\'ishda davom etmoqda. Loyiha global kassa yig\'imida $1,588 milliard natijaga yetib, $1,6 milliard marrasiga juda yaqinlashdi. Bu ko\'rsatkich uni Disney tarixidagi eng ko\'p daromad keltirgan animatsion filmga aylantirdi. Bu haqda playground.ru xabar beradi.

Multfilm ayniqsa Xitoy bozorida yorqin natija qayd etdi: u yerda kartina $600 milliondan ko\'proq ishlab, Xitoyda eng muvaffaqiyatli gollivud kinoloyihasi bo\'ldi. Mahalliy bozorda unga yaqinlasha oladigan yagona raqib sifatida “Avatar: Olov va kul” tilga olinmoqda — u Xitoyda $100 milliondan ortiq daromad ko\'rsatgan.

Yana bir e’tiborli jihat: “Zveropolis 2” PG reytingidagi filmlar orasida $1 milliardlik marraga eng tez yetgan kartina bo\'lib, buni premyeradan atigi 17 kun o\'tib uddaladi.

2016 yildagi filmning davomiy qismi 2025 yilda $1 milliarddan oshgan atigi uchta film qatoriga kirdi. Bu ro\'yxatda “Lilo va Stich” remeyki ($1,03 milliard) hamda jahon prokatida $2,2 milliard bilan yetakchilik qilayotgan xitoy filmi “Nechja” ham bor.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilfuza Razzoqova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.