Shahzoda o'g'illari bilan birgalikda bayramni Dubayda kutib oldi

Shahzoda o'g'illari bilan birgalikda bayramni Dubayda kutib oldi

Go‘zal xonanda Shahzoda Yangi yil bayramini o‘g‘illari bilan birga Dubay shahrida kutib oldi. Hozirda u mashhur sayyohlik maskanida dam olib, bayram kayfiyatini yaqinlari bilan birga o‘tkazmoqda.

Xonanda o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida bayram oqshomidan lavhalar ulashib, his-tuyg‘ularini samimiy izoh bilan ifoda etdi. Shahzodaning so‘zlariga ko‘ra, Dubay osmonini yoritgan mushakbozliklar juda baland va hayajonli bo‘lgan, ammo tun sokinlik va baxt tuyg‘usiga to‘la o‘tgan.

“Yangi yilni o‘g‘illarim bilan shunday iliq va xotirjam muhitda nishonladik”, — deya yozadi xonanda.

Shahzoda o'g'illari bilan birgalikda bayramni Dubayda kutib oldi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.