Zebo Rahimova Bali orolida dam olmoqda

Xayrli tong deganlari mana shunday bo‘ladi. Mashhur vayner va ijodkor Zebo Rahimova ayni damda Indoneziyaning Bali orolida hordiq chiqarmoqda.
U Instagram sahifasida joylashtirgan surat va videolari orqali ta’til lahzalarini kuzatuvchilari bilan baham ko‘rmoqda. Unda Zebo hamkasbi bilan birga chiroyli sohillarda dam olayotgani ko‘rinadi.
\"Shunaqa chiroyli sohillarga boramiz, nasib\", — deya yozadi vayner. U tabiat go‘zalligidan bahramand bo‘lib, xotirjam dam olayotganidan mamnunligini bildirgan.

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













