Xamdam Sobirovdan takrorlanmas "Nilufar" nomli yangi klip taqdim etildi

Xamdam Sobirovdan takrorlanmas "Nilufar" nomli yangi klip taqdim etildi

O‘zbek estradasining sevimli ijodkorlaridan biri Xamdam Sobirov yangi ijod mahsuloti — “Nilufar” nomli videoklipini taqdim etdi. Klip bugun YouTube platformasida e’lon qilindi va qisqa fursatda muxlislar e’tiborini tortishga ulgurdi.

Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ushbu qo‘shiq “Nilufar” ismli qizlarga bag‘ishlanganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Bu izoh esa asarga yanada iliq kayfiyat va shaxsiylik baxsh etdi. Muxlislar orasida “bu qo‘shiq aynan men haqimda”, degan hazil-aralash izohlar ham ko‘paydi — Nilufarlar bugun ancha baxtli, qisqasi.

Xamdam Sobirovdan takrorlanmas "Nilufar" nomli yangi klip taqdim etildi

Videoklip tabiat qo‘ynida suratga olingan bo‘lib, unda keng manzaralar, sokin muhit va romantik kayfiyat uyg‘unlashgan. Tabiiy fon qo‘shiq mazmunini yanada ochib berib, tomoshabinni kundalik shovqindan bir zumga bo‘lsa-da uzoqqa olib ketadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.