Munisa Rizayeva haqidagi navbatdagi mish-mishni eshitdingizmi?

Munisa Rizayeva haqidagi navbatdagi mish-mishni eshitdingizmi?

Munisa Rizayeva ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yangi mish-mishlar fonida hazil aralash video joylab, muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xonandaning qisqa chiqishi ko‘pchilikning e’tiborini tortdi va turli talqinlar paydo bo‘lishiga turtki berdi.

Xonanda videoda kinoyali ohangda: “Axir, odamlar yaxshiroq bilishadi-ku!” deya izoh qoldiradi. Bu jumla ham kuzatuvchilar orasida turlicha qabul qilinib, ayrimlar buni mish-mishlarga nisbatan yumor bilan berilgan javob sifatida baholadi.

Videodagi hazil ibora ham tarmoq foydalanuvchilari tomonidan faol muhokama qilindi. Unda Munisa: “Belarusdan tug‘dim deb o‘ylagandim, hinddan ekan”, deya kulgili tarzda gapiradi. Xabarlarga ko‘ra, rolik ko‘pchilik tomonidan ijobiy qabul qilingan bo‘lsa-da, u ayrim doiralarda yana yangi gap-so‘zlar chiqishiga ham sabab bo‘ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.