«Barselona» Madridda «Atletiko»ni mag‘lubiyatga uchratdi va 1-o‘ringa ko‘tarildi

«Barselona» Madridda «Atletiko»ni mag‘lubiyatga uchratdi va 1-o‘ringa ko‘tarildi
«Barselona» Madridda «Atletiko»ni mag‘lubiyatga uchratdi va 1-o‘ringa ko‘tarildi

Ispaniya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan \"Atletiko\" hamda \"Barselona\" klublari o‘rtasidagi uchrshuv nihoyasiga etdi.

Unda 1:2 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yin kutilganidek shiddatli hujumlar bilan boshlandi. Jamoalar birinchi bo‘limda darvozalar dahlsizligini saqlab qola olishdi.

Ikkinchi bo‘limda, aniqrog‘i 64-daqiqa Rafinya \"Barsa\"ni oldinga olib chiqdi. Ammo, oradan olti daqiqa o‘tar-o‘tmas Godin hisobni tenglashtirdi.

Ammo, Messi bu kecha baribir o‘z so‘zini aytdi va 86-daqiqada juda muhim golni urishga erishdi.

Shu tariqa \"Barselona\" navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi va uch ochkoga ega bo‘ldi.

Ispaniya chempionati, 24-tur
Atletiko – Barselona 1:2

Gollar: 0:1 – 64 Rafinya, 1:1 – 70 Godin, 1:2 – 86 Messi.
Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis, Vrsalko, Godin, Gabi, Saul, Koke, Ferreyra Karrasko (Torres, 68), Grizmann, Gameyro (Korrea, 72).
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Mate (Din, 77), Serdji Roberto (Andre Gomesh, 85), Rafinya, Buskets, Inesta (Rakitich, 71), Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Buskets (55), Saul (56), Savich (65), Gabi (73), Korrea (74), Messi (82).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.