Tom Henks o‘zining UAZ furgonini «ko‘z-ko‘z qildi»

Tom Henks o‘zining UAZ furgonini «ko‘z-ko‘z qildi»
Amerikalik mashhur aktyor Tom Xenks o‘z muxlislari va ijtimoiy tarmoqdagi obunachilariga o‘zining yangi xaridi – Rossiyaning UAZ avtomobilini namoyish qildi, deb yozmoqda Kun nashri.

Xenksning aytishicha, UAZ furgoni unga sayohatlar uchun kerak.

\"Menda yangi yuk mashinasi bor! Men unda kempingga jo‘nayapman\", deb yozgan aktyor Instagram’da.
Tom Henks o‘zining UAZ furgonini «ko‘z-ko‘z qildi»

Aktyorning rossiyalik obunachilari UAZ haqiqatan ham shunday safarlar uchun mos kelishini aytib, aktyorga yana bir juft shunday mashinadan xarid qilishni tavsiya qilishgan. Foydalanuvchilardan biri aktyorni mashinasida \"qo‘ziqorin terishga borishga\" taklif qilgan.

Biroq bunga ishonmaganlar ham topildi, ularning fikricha aktyor Rossiya mashinasini Budapesht ko‘chalaridan birida ko‘rib, shunchaki uning yonida suratga tushgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.