Janob Bin yana ekranlarga qaytmoqda

Janob Bin yana ekranlarga qaytmoqda
Janob Bin yana ekranlarga qaytmoqda

Britaniyalik taniqli komik aktyor Rouen Atkinson unga mashhurlik keltirgan janob Bin rolini Xitoyning \"Eng kulgili komediya: film\" suratida yana ijro etadi. Bu haqda Independent nashriga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Film yaratuvchilarining aytishicha, suratga olish guruhi aktyor xitoychani bilmagani sabab u bilan imo-ishoralar va mimikalar yordamida muloqot qilgan.

Suratda 5 do‘stning Xitoyning qimor o‘yinlari poytaxti sanaluvchi Makaoga safari haqida so‘zlanadi. Ular Makaoda adashib qolib, bokschi Mayk Taysonni uchratib qolishadi.

Janob Bin Atkinsonning eng mashhur, biroq yagona roli emas. U bir nechta filmlarda suratga tushgan. Aktyor 2016 yilda \"Megre qopqon qo‘ymoqda\" trillerida komissar Jyul Megre rolini ijro etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.