Opa-singil Jo‘rayevlar ota-onasini kutilmagan sovg‘a bilan hayratda qoldirdi (video)

Opa-singil Jo‘rayevlar ota-onasini kutilmagan sovg‘a bilan hayratda qoldirdi (video)

Opa-singil Jo‘rayevlar quvonchli yangilikni Instagram sahifasida muxlislari bilan bo‘lishdi. Ular ota-onasiga avtomobil sovg‘a qilganini ma’lum qilishdi.

Ijodkorlar shu kungacha erishgan barcha yutuqlarini aynan ota-onasining yordami, qo‘llab-quvvatlashi va duolari bilan bog‘lashlarini ta’kidlashdi.

Ular video ostiga quyidagi izohni qoldirishdi:

“Bugun biz ota-onamizga eng katta sovg‘ani berdik. Ularning orzularini amalga oshirdik — HAVAL JOLION va HAVAL M6.

Ularning ko‘zidagi quvonch - bu hissiyotlarni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. Shunda yana bir bor tushundim: eng to‘g‘ri qaror — yaqinlaringni xursand qilish!

Agar siz ham shunday lahzani his qilmoqchi bo‘lsangiz — vaqtni boy bermang!”

Ushbu postni ko‘rgan kuzatuvchilar ularga iliq tabriklar va samimiy izohlar qoldirishdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.