Operachi Jenisbek Piyazov og'ir judolikka uchradi

O‘zbek va qoraqalpoq opera san’atining taniqli vakili Jenisbek Piyazov oilasida og‘ir judolik yuz berdi. Xonandaning onasi Injigul Saburova vafot etgani haqida xabar berildi.
Marhuma uzoq yillar davomida oila a’zolari va yaqinlari orasida hurmat-e’tiborga sazovor inson bo‘lgan. Uning vafoti Piyazovlar oilasi uchun katta yo‘qotish bo‘ldi.
“Zamin.uz” jamoasi Jenisbek Piyazov va uning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi, marhumaning oxirati obod bo‘lishini tilaydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













