Munisa Rizayeva konsert sanasi haqida maʼlumot berdi

Munisa Rizayeva konsert sanasi haqida maʼlumot berdi

Xonanda Munisa Rizayeva qachon konsert berishi haqidagi savolga oʻz fikrlarini bildirdi. Uning aytishicha, hozirda konsert dasturi ustida rejalar qilinmoqda.

Sanʼatkor konsertni, ehtimol, kelasi yilda oʻtkazishni moʻljallayotganini taʼkidladi. Buning sababi sifatida u yaqinda ona boʻlganini qayd etdi.

Xonandaning soʻzlariga koʻra, hozirgi kunda u asosan oilasi va farzandi tarbiyasi bilan band.

U, shuningdek, farzandi biroz ulgʻaygach, muxlislar uchun chiroyli va katta shou tayyorlash niyatida ekanini bildirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.