Shakira mehmonxona oldida toʻplangan muxlislarini koʻrib shok holatga tushdi


Jahon yulduzi Shakira Kopakabanada joylashgan mehmonxonasida kutilmagan holatga duch keldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda xonanda mehmonxona oynasidan pastga qarab, hayratda qolgani aks etgan.
Maʼlum boʻlishicha, mehmonxona oldida uni kutgan koʻplab muxlislar toʻplangan. Ushbu holat xonanda uchun kutilmagan boʻlib, u bu manzaradan hayratlangani koʻringan.
Video qisqa vaqt ichida internetda keng tarqalib, muxlislar orasida katta qiziqish uygʻotdi.

Koʻplab foydalanuvchilar bu holatni Shakiraga boʻlgan muhabbat va hurmatning yana bir isboti sifatida baholamoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













