Botir Qodirov muxlislarini yangi qo‘shiq bilan quvontirishga tayyor

Botir Qodirov muxlislarini yangi qo‘shiq bilan quvontirishga tayyor
Botir Qodirov muxlislarini yangi qo‘shiq bilan quvontirishga tayyor
Foto: Instagram

Xonanda Botir Qodirov o‘zining Instagram sahifasi orqali muxlislariga yana bir yoqimli yangilik ulashdi. U yaqin kunlarda yangi qo‘shig‘ini taqdim etishini ma’lum qilib, tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Yangi tarona “Qizg‘onamande” deb nomlangan bo‘lib, xonanda uni mutlaqo yangicha uslubda ijro etganini ta’kidlamoqda. Qo‘shiqning ayrim qismlari allaqachon ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilib, muxlislar orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Hozircha aniq premyera sanasi e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, muxlislar bu yangilikni katta intiqlik bilan kutishmoqda. Qodirov joylagan postiga \"Qizg\'onamande. Tez kunda\", deya yozib qoldirgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa yangi tarona xonandaning ijodida yana bir muvaffaqiyatli bosqich bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Ayniqsa, qo‘shiqning nomi va uslubi allaqachon tinglovchilarda qiziqish uyg‘otishga ulgurgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.