Zarina Yo‘ldoshevaning idealidagi inson qanday?

Zarina Yo‘ldoshevaning idealidagi inson qanday?

Zarina Yo‘ldosheva “Navo mehmonda” loyihasida shaxsiy hayoti, idealidagi inson va o‘z xarakteri haqida samimiy fikrlar bildirdi.

Aktrisaning aytishicha, u o‘z idealidagi insonni allaqachon uchratgan:

“Mening idealimdagi inson aslida bor va men uni uchratganman”, — dedi u.

U idealidagi inson qanday bo‘lishi kerakligini ham batafsil tushuntirdi:

“Men shunaqa insonni xohlaymanki, u mening o‘zgaruvchan xarakterimga tez moslasha oladigan, og‘ir-bosiq, meni har tomonlama tushunadigan bo‘lsin. Jahlim chiqqanda tinchlantira oladigan, xursand bo‘lsam esa men bilan birga quvona oladigan inson bo‘lishi kerak”, — deya ta’kidladi aktrisa.

Shu bilan birga, u hazil aralash yana bir fikrni ham qo‘shib qo‘ydi:

“Bunaqa inson yo‘q, menimcha. Balki shuning uchun ham turmushga chiqmayotgandirman”, — dedi u kulgi bilan.

Suhbat davomida Zarina Yo‘ldosheva o‘z xarakteri haqida ham ochiq gapirdi. Uning aytishicha, u juda sho‘x va hissiyotlarga boy inson:

“Men juda sho‘x qizman. Tez jahlim chiqadi, tez kulib yuboraman. Ba’zan o‘zim ham xarakterimni tushunmay qolaman — juda o‘zgaruvchan”, — dedi u.

Aktrisaning bu samimiy va ochiq fikrlari muxlislar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.