30 yildan so‘ng: Ozoda Nursaidova ota haqida yana kuyladi

30 yildan so‘ng: Ozoda Nursaidova ota haqida yana kuyladi

Ozoda Nursaidova bilan o‘tkazilgan suhbat davomida unga qiziqarli savol yo‘llandi: “O‘tgan yili konsertingizda ota haqida qo‘shiq aytishga hali tayyor emasligingizni aytgandingiz. Bu yil ota haqida qo‘shiq kutish mumkinmi?”

Xonanda ushbu savolga samimiy javob berib, otaga bag‘ishlangan qo‘shiqlar uning ijodida juda kam uchrashini ta’kidladi:

“Men ota haqida juda kam qo‘shiq aytganman. 1995 yillarda, san’atga endigina kirib kelgan paytlarimda ijro etganman. Mana, oradan qariyb 30 yil o‘tibdi. Xudo xohlasa, konsertimda albatta ota haqida qo‘shiq aytaman,” — dedi san\'atkor.

Oradan vaqt o‘tib, xonanda o‘z va’dasida turdi. Bu yilgi konsert dasturida u muxlislari uchun ota haqida ham qo‘shiq ijro etmoqda. Ushbu qo‘shiq ayniqsa tinglovchilar qalbidan chuqur joy olib, konsertga o‘zgacha hissiyot va samimiyat bag‘ishlamoqda.

Muxlislar esa xonandaning bu chiqishini iliq kutib olib, uzoq yillik tanaffusdan so‘ng yangragan ushbu qo‘shiqni alohida e’tirof etmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.