“Uch savdoyi” qaytmoqda

“Uch savdoyi” qaytmoqda

Mashhur hind filmi – “Uch savdoyi” yana katta ekranlarga qaytmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Amir Xonning o‘zi filmning davomi ustida ishlashni boshlab yuborgan. Bosh qahramon Ranchoning sodiq do‘stlari ham o‘z rollariga qaytishi kutilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, voqealar rivojida sezilarli vaqt oralig‘i tashlab o‘tiladi, bu esa qahramonlarni butunlay yangi muhitda va hayotlarining yangi bir bosqichida ko‘rish imkonini beradi.

Voqealarning aniq xronologiyasi qat’iy sir saqlanmoqda, film haqidagi asosiy ma’lumotlar esa faqat Amir Xonga ma’lum ekani aytilmoqda.

Hozircha filmning chiqish sanasi va aktyorlar tarkibi bo‘yicha rasmiy bayonot berilmagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.