Toshkentda bitiruvchilar uchun konsert: 20 dan ortiq yulduzlar sahnaga chiqadi

25 may kuni Toshkentda 2026 yil bitiruvchilari uchun katta bayram — bepul konsert dasturi tashkil etiladi. Ushbu shou so‘nggi qo‘ng‘iroq ayyomi bilan bir vaqtda o‘tkazilib, yoshlar uchun unutilmas kechaga aylanishi kutilmoqda.
Konsertda Munisa Rizayeva, Xamdam Sobirov, Konsta, Shahriyor, Shohrux, Leyli Setora, Ruhsora Emm, Abbose, Afruza, Yunka, Yamadzhi kabi mashhur san’atkorlar ishtirok etadi. Tashkilotchilar sahnaga jami 20 dan ortiq ijodkor chiqishini ma’lum qilgan.
Tomoshabinlarni sevimli xit qo‘shiqlar, zamonaviy sahna, yorqin shou va bayramona muhit kutmoqda. Tadbir Olimpiya shaharchasi hududida soat 18:00 da boshlanadi.
Eng muhimi — konsert barcha uchun bepul. Bu esa bitiruvchilar va yoshlar uchun yanada katta bayramona kayfiyat ulashishi aniq.













