Shahzoda Muhammedova Maykl Jekson obrazida internetni lol qoldirdi

Taniqli aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova bu safar muxlislarini noodatiy obraz bilan hayratda qoldirdi. San’atkor ijtimoiy tarmoqlarda afsonaviy qo‘shiqchi Maykl Jekson uslubida namoyon bo‘lib, katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Foto va videolarda aktrisaning mashhur xonandaga xos libos, imidj va sahna uslubini mahorat bilan gavdalantirganini ko‘rish mumkin. Muxlislar esa uning tashqi ko‘rinishi va obraz ustidagi ishini yuqori baholamoqda.
Ayniqsa, Shahzoda Muhammedovaning ushbu chiqishi ijtimoiy tarmoqlarda iliq fikrlar va olqishlarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik uning iste’dodi va kreativ yondashuvini alohida ta’kidlamoqda.

Aktrisa post ostida Maykl Jeksonning hayoti va vafoti haqida ham fikr bildirgan. Uning yozishicha, san’atkor so‘nggi yillarda qattiq charchoq va uyqusizlikdan azob chekkan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur xonanda 2009 yil 25 iyun kuni kuchli dori ta’siri oqibatida vafot etgan. Unga uyqusizlik muammosi sababli kuchli tibbiy preparat yuborilgani aytilmoqda. Keyinchalik shaxsiy shifokori Konrad Murrey ehtiyotsizlik bilan bog‘liq ayblovlar asosida javobgarlikka tortilgan.













