Masharipov yangi qimmatbaho avtomobili bilan ko‘rinish berdi

Masharipov yangi qimmatbaho avtomobili bilan ko‘rinish berdi

Jaloliddin Masharipov Jahon chempionati oldidan qimmatbaho avtomobil xarid qildi. Bu haqda futbolchining o‘zi Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.

Masharipov joylagan videodan uning yangi avtomobili BMW M850i ekanini ko‘rish mumkin. Ushbu avtomobil O‘zbekiston bozorida taxminan 1,3 milliard so‘mdan 2,4 milliard so‘mgacha baholanmoqda.

Ayni vaqtda Jaloliddin Masharipov Eronning Esteghlal F.C. klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan imzolagan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi.

Ochiq manbalarda keltirilishicha, futbolchining oylik maoshi taxminan 22–25 ming yevro atrofida bo‘lib, bu qariyb 300–350 million so‘mga teng ekani aytilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.