Irina Sheyk Ronaldu bilan ajrashgach semirib ketdi

Irina Sheyk Ronaldu bilan ajrashgach semirib ketdi
Irina Sheyk Ronaldu bilan ajrashgach semirib ketdi

Rossiyalik model Irina Sheyk Parijdagi Givenchy modalar uyidagi namoyishga biroz semirgan holda tashrif buyurdi. Uning ikkinchi bag‘baqasi ham paydo bo‘lgan. Bu haqda «Nur.kz»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.

Aftidan, sevgilisi Krishtianu Ronaldu bilan ajrashish model uchun og‘ir kechgan ko‘rinadi, deb yozadi «Komsomolskaya pravda».

Sheykning namoyishdagi libosi ham u orttirgan ortiqcha kilogrammlarni yashira olmadi. Oldinroq Irina Sheyk Ronaldu bilan ajrashgach ko‘proq ovqat eya boshlaganini ma’lum qilgandi.

Irina borodin noni, pomidor va kolbasa bo‘lagidan iborat buterbrodni xush ko‘radi. Supermodel grek va gruzin oshxonasini ham yoqtiradi. Rossiyalik model o‘z ovqatlari suratlarini tez-tez Instagram orqali chop qilib turadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.