Jenevada «Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon» filmining premerasi o‘tkazildi

Jenevada «Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon» filmining premerasi o‘tkazildi
Jenevada Lola Karimova-Tillyaeva prodyuserlik qilgan “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” tarixiy hujjatli filmining premerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Lola Karimova-Tillaeva o‘zining Facebook\'dagi sahifasida xabar qildi, deb yozmoqda UZ24 sayti.

Film namoyishi “The Club des leaders” xalqaro jamiyatning Shveysariyadagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi.
Jenevada «Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon» filmining premerasi o‘tkazildi
\"Ushbu kinolentani bugun e’tiboringizga havola etish men uchun katta sharaf. XV asrda, Mirzo Ulug‘bek hukmronlik qilgan davrda Samarqand astronomiya, matematika va geometriya sohalarida ilg‘or ilmiy tadqiqotlar xalqaro markaziga aylandi. Bu buyuk inson, etuk olim va adolatli hukmdor shaxsi bolaligimdan meni o‘ziga maftun etgan edi. Uning hikoyasi zamondoshlarimiz e’tiboriga havola etilishi lozim,\" – deya ta’kidladi Lola Karimova-Tillyaeva filmning taqdimotida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.