Dima Bilan vafot etdi(mi?)

Dima Bilan vafot etdi(mi?)
Google tomonidan joylashtirilgan AdSense reklama xizmatining xatoliklari tufayli ijtimoiy tarmoqlarda Dima Bilanning o‘limi haqida xabarlar tarqaldi.

O‘zining Instagram sahifasida xonanda Afrikada davolangani va vafot etgani haqidagi xabarlar joniga tekkani haqida aytdi.

“Insonlarning ahmoqligi meni g‘azablantiryapti. Afrikaga borib davolanish?! Shunday narsani o‘ylab ham bo‘ladimi? Menimcha, men doktor “Voy jonim”ga “Madagaskar”dagi zebra va jirafani davolatishga borgan bo‘lsam kerak. Oldinda shuncha rejalar, konsertlar, muhim ishlar bor, odamlar esa meni hayratga solishmoqda”, deydi xonanda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.