Toshkentlik qiz Marvel’ning yangi serialida rol ijro etadi

Toshkentlik qiz Marvel’ning yangi serialida rol ijro etadi
Toshkentda tug‘ilgan aktrisa Milana Vayntrub Marvel’ning «Yangi jangchilar» serialida rol ijro etadi, deb xabar bermoqda The Hollywood Reporter. Shou Freeform kanalida efirga uzatiladi.

Loyiha superqahramonlarga bag‘ishlangan bo‘lib, Vayntrub Dorin Grin – qiz-olmaxon obrazini yaratadi.

«Yangi jangchilar» 10 qismdan iborat bo‘ladi. Ularda tomoshabinlarga o‘zlarining o‘ta kuchli qobiliyatlarini boshqarishni o‘rganuvchi olti yigit-qiz haqida hikoya qilinadi.

Serialda shuningdek Derek Teler, Jeremi Tardi, Kelam Uorti, Mettyu Moy va Keyt Komer ham suratga tushishadi.

Serial 2018 yilda taqdim etilishi kutilmoqda.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.