Garri Potter ijrochisi o‘g‘ri urgan turistga yordam berdi

Garri Potter ijrochisi o‘g‘ri urgan turistga yordam berdi
Garri Potter roli bilan mashhuri britaniyalik aktyor Deniel Redkliff Londonda o‘g‘rilardan aziyat chekkan turistga yordam ko‘rsatdi. Bu haqda Evening Standard nashriga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Voqea Chelsi tumanida ro‘y berdi. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, mopedda ketayotgan ikki o‘g‘ri turistning qimmatbaho sumkasini olib qochgan. Bundan tashqari, sayyoh yuzidan jarohatlangan.

Aniqlanishicha, turist Buyuk Britaniyaga bir necha kun muqaddam kelgan ekan.

Unga yordam berishga oshiqqanlardan biri Redkliff bo‘ldi.

Aktyorning matbuot kotibi u voqea joyida bo‘lganini tasdiqladi, ammo uning yordami nimadan iborat bo‘lgani xususida tafsilotlar keltirmadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.