Bugun «Nihol» mukofotining yangi sohiblari aniqlanadi

Bugun «Nihol» mukofotining yangi sohiblari aniqlanadi
Bugun poytaxtdagi «Istiqlol» saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun ta’sis etilgan «Nihol» mukofotining yangi sohiblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

2016 yilning oktyabr-noyabr oylarida «Nihol» mukofoti tanlovining tuman (shahar) saralash bosqichlari o‘tkazilgandi. Unda 13 ming nafardan ortiq ijodkor yosh o‘z mahoratini namoyish etdi.

Ushbu bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan eng munosiblar respublika bosqichida mumtoz qo‘shiq, musiqa ijrochiligi, estrada, opera ijrochiligi, raqs san’ati yo‘nalishlarida o‘z musiqiy dasturini «Nihol» mukofoti respublika kengashi a’zolari, mutaxassislar va ekspertlar, keng jamoatchilik, san’at ixlosmandlari e’tiboriga havola etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.