«Lyube» guruhining yakkaxon qo‘shiqchisi Nikolay Rastorguev Isroildagi shifoxonaga yotqizildi

«Lyube» guruhining yakkaxon qo‘shiqchisi Nikolay Rastorguev Isroildagi shifoxonaga yotqizildi
«Lyube» guruhining yakkaxon qo‘shiqchisi Nikolay Rastorguev Isroildagi shifoxonaga yotqizildi

Pyatigorsk shahri ma’muriyati «Lyube» guruhining yakkaxon qo‘shiqchisi Nikolay Rastorguev shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizilgani haqida ma’lum qildi.

Shahar ma’muriyatining rasmiy saytida yozilishicha, ushbu qo‘shiqchi Pyatigorsk shahrining 235 yillik yubileyi tantanalarida xizmat qilishi belgilangandi.

\"Kutilmaganda «Lyube» guruhining yakkaxon qo‘shiqchisi Nikolay Rastorguevning tobi qochib, Isroildagi shifoxonaga olib ketildi. Endi «Lyube» guruhining shahrimizdagi konserti bekor qilinadi. Tashkilotchilar va xonandaning vakillari shahar aholisidan buning uchun chin qalbdan uzr so‘raydi\", deyiladi xabarda.

Shahar ma’muriyati shuningdek, Rastorguevning tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.