Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?

Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
«Istiqlol» san’at saroyining ijara haqi 12—14 million so‘m turadi. Bundan tashqari musiqachilarga, rejissyorga, dekoratsiyaga, sahnadagi monitorga, ovoz rejissyoriga va boshqa ko‘plab shu turdagi xarajatlar ham mavjud. Natijada foyda deyarli 0 ga teng bo‘lib qoladi. Shunday ekan konsert bu foyda ko‘rish emas, balki piar uchun.

Umumiy daromadning qariyb 95 foizi milliy sektor orqali amalga oshiriladi. U xalqning talabi asosida qurilgan. Iqtisodning oltin talabiga ko‘ra, talab qayerda bo‘lsa, taklif ham o‘sha yerda bo‘ladi. To‘ylar, tug‘ilgan kunlar va boshqa shunga o‘xshash tadbirlar — haqiqiy daromad manbai.

Eng talabgir qo‘shiqchilar qatoriga Shahzoda, Rayhon, Shohruhxon, Lola, Ulug‘bek Rahmatullayev, Munisa Rizayeva, Ziyoda, «Shahzod» guruhini qo‘yish mumkin. Ularning gonorari ijro etgan qo‘shiqlari soniga bog‘liq. «Kommersant.uz» nashri o‘zbek estradasi va kinosi yuduzlarining gonorarlari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.

Musiqa

Yulduz Usmonova
Юлдузларнинг гонорари: Ўзбекистонда қўшиқчи ва актёрлар қанча пул топади?
Bir necha yillik «tanaffus»dan so‘ng yana teleekranlarga qaytgan o‘zbek estradasi primadonnasining gonorari 12,8 million so‘mni tashkil etadi.

Dj Piligrim
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
DJ Piligrim taxallusi bilan tanilgan Ilhom Yo‘lchiyev o‘ziga xos orginalligi bilan muxlislari qalbidan joy olgan. Uning bitta chiqishi 10 million so‘mdan boshlanadi.

Farruh Zokirov
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
«Yalla» guruhi asoschisi, O‘zbekiston Xalq artisti Farruh Zokirov sizning mehmoningiz bo‘lishini istasangiz, kamida 9,6 million so‘m sarflashingizga to‘g‘ri keladi.

Ozodbek Nazarbekov
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lmish Ozodbek Nazarbekovning gonorari 9 million so‘mdan boshlanadi.

Lola
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
Taniqli qo‘shiqchi va aktrisa Lola Yo‘ldoshevaning qo‘shiqlarini tinglash sizga 6,5 million so‘mga tushadi.

Shahzoda
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
O‘zining muxlislari qalbidan chuqur joy olgan Shahzodaning gonorari 5,1 million so‘mdan boshlanadi.

Rayhon
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qo‘shiqchi Rayhonning ham gonorari 5,1 million so‘mdan boshlanadi.

Ulug‘bek Rahmatullayev
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
Qo‘shiqchining xizmat haqi uning bajargan ishiga bog‘liq. Ulug‘bek Rahmatullayevning gonorari taxminan 4 million so‘mdan boshlanadi.

Kino

Ulug‘bek Qodirov
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
28 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan Ulug‘bek Qodirovning bitta filmda suratga tushish gonorari 21 million so‘mni tashkil etadi.

Alisher Uzoqov
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
«Uylanish» filmi bilan mashhurlikka erishgan Alisher Uzoqov 39 tadan ortiq filmlarda va 37 ta loyihada ishtirok etgan. Uning gonorari taxminan 12 million so‘mni tashkil etadi.

Adiz Rajabov
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
30 dan ortiq film va 30 dan ortiq loyihalarda ishtirok etgan Adizning o‘rtacha gonorari 12 million so‘mni tashkil etadi.

Dilnoza Kubayeva
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
Tanqidchilar tomonidan eng iqtidorli aktrisalardan biri, deya tan olingan Dilnoza Kubayevaning gonorari 12 million so‘mdan boshlanadi.

Zarina Nizomiddinova
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
Ushu iqtidorli aktrisaning bitta filmda suratga tushish gonorari taxminan 7 million so‘mga teng.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.