Hindistonlik xonanda Ulug‘bek Rahmatullaevning qo‘shig‘ini o‘g‘irladi

Hindistonlik xonanda Ulug‘bek Rahmatullaevning qo‘shig‘ini o‘g‘irladi

\"\"

O‘zbekistonlik xonanda Ulug‘bek Rahmatullaevning “I Love You” qo‘shig‘ining hindcha versiyasi chiqqani bois ko‘pchilik muxlislar uning bu ashulasi ham xorijlik hamkasblaridan olingan degan qarorga kela boshladilar. Ammo yaqinda aslida hindistonlik qo‘shiqchi Raj Manohar uning ashulasini olib, hindcha kuylagani ma’lum bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, Manohar qo‘shiqqa klip ishlab o‘tirmay, Rahmatullaevning klipini aynan olgan, deb yozmoqda Kun.uz.

 

“Xonanda Raj Manohar Hindistonda mashhur ekan. Xursand bo‘ldim. Sizlar ham ko‘rishingiz mumkin. Eng qizig‘i, klipda o‘zim”, - deb yozdi Rahmatullaev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.