Dmitriy Xvorostovskiy vafot etdi

Dmitriy Xvorostovskiy vafot etdi
Bugun mashhur opera xonandasi Dmitriy Xvorostovskiy London shahrida 55 yoshida vafot etdi. Xabarda aytilishicha, bu haqida ommaga Dmitriy Malikov ma’lum qilgan.

Malikovning so’zlariga qaraganda, Xvorostovskiyning vafoti haqida unga xonanda bilan juda yaqin bo’lgan va Londonda ham uning yonida turgan shoira Liliya Vinogradova aytgan. Opera xonandasi London vaqti bilan 03:36 da vafot etgani qayd qilindi.

Eslatib o’tamiz, Dmitriy Xvorostovskiy 1962 yili Krasnoyarskda tavallud topgan. 1994 yildan buyon Londonda istiqomat qilib kelgan. Xonanda Rossiya halq atristi unvoni sohibi edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.